Jamgʻarma haqida

Ishonch jamg‘armasi 2022-yilda Shveytsariya va O‘zbekiston o‘rtasidagi noqonuniy orttirilgan aktivlarni O‘zbekiston xalqi manfaati uchun qaytarish bo‘yicha tuzilgan restitutsiya bitimiga asosan tashkil etilgan. Jamg‘arma O‘zbekistonning milliy islohotlari va Barqaror rivojlanish maqsadlarini (SDG) ilgari suruvchi dasturlar orqali shaffof va samarali restitutsiyani qo‘llab-quvvatlaydi.

BMT tamoyillari va qadriyatlariga asoslangan holda, Jamg‘arma, shuningdek, Global aktivlarni qaytarish forumi (GFAR)ning asosiy tamoyillariga — shaffoflik, javobgarlik, ishtirok va jamoatchilik manfaatlariga amal qiladi. Biz restitusiya jarayonining tamoyillarga asoslangan, amaliy, o‘z vaqtida va adolatli bo‘lishini ta’minlash uchun xalqaro ilg‘or tajribalarni qo‘llaymiz.

Jamg‘armaga 313 million AQSH dollari yo‘naltirilgan. Hozirda 87 million AQSH dollari O‘zbekiston xalqining sog‘liqni saqlash va ta’lim xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini va ularning sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan dasturlar portfeliga investitsiya qilingan.

Jamg‘arma qanday qaror qiladi va investitsiya qiladi

Ishonch jamg‘armasi — bu restitutsiya jamg‘armasi. Uning maqsadi — qaytarilgan aktivlarni O‘zbekiston xalqiga uzoq muddatli va ijobiy o‘zgarishlar keltiradigan shaklda yetkazishdir. Barcha qarorlar aynan shu maqsadga asoslanadi, bunda shaffoflik va javobgarlikka katta e’tibor qaratiladi.

Jamg‘arma faoliyatini Boshqaruv qo‘mitasi boshqaradi. Qo‘mita uch nafar hamraisdan iborat biri — O‘zbekiston hukumati vakili, biri — Shveytsariya hukumati vakili va biri va biri BMTning O‘zbekistondagi Doimiy Koordinatori. Qarorlar kelishuv asosida qabul qilinadi. Agar kelishuvga erishilmasa, masala Shveytsariya Davlat kotibi o‘rinbosari va O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosaridan iborat Yuqori darajadagi Strategik qo‘mitaga yuborilmaydi.

Boshqaruv qo‘mitasiga Fuqarolik jamiyati maslahat kengashi (CSAC) maslahat beradi. Ushbu kengashning tavsiyalari Jamg‘armaning haqiqiy ehtiyojlarga mos kelishini, turli qarashlarni aks ettirishini va jamoatchilik ishonchini saqlab qolishini ta’minlashga yordam beradi. CSAC jamiyat va qaror qabul qiluvchilar o‘rtasidagi aloqani mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi.

Jamg‘arma mablag‘larni Resurslarni taqsimlash strategiyasiga muvofiq, O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash va ta’lim xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini va ularning sifatini yaxshilashga qaratilgan loyihalarga yo‘naltiradi.

Ushbu sahifada Jamg‘arma boshqaruvi, unda kimlar ishtirok etayotgani, shuningdek asosiy voqealar va qabul qilingan qarorlar bo‘yicha batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Jamg‘arma vaqt jadvali

Vaqt jadvalini ko‘rish uchun strelkalarni bosing yoki Qarorlar jurnalini yuklab oling.

Boshqaruv

Takliflar ijrochi tashkilotlar tomonidan quyidagi moliyalashtirish darchalari doirasida taqdim etilishi mumkin:

Jamg‘arma boshqaruv tuzilmasi